Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/06/2025
Chop etish
Oftob urishdan saqlaning.
Yoz fasli o‘zining tabiiy go‘zalligi bilan xush yoqadi. Bu mavsumda ko‘pchilik tabiat qo‘ynida, suv havzalari bo‘yida dam olishni istaydi. Ammo uzoq vaqt quyosh nuri ostida bo‘lish terining kuyishi yoki oftob urishi kabi xavfli holatlarga olib keladi. Oftob urishi organizmga quyosh nurining uzoq ta’siri natijasida yuzaga kelib, tanada umumiy qizarish va terining mahalliy kuyishi bilan xususiyatlanadi. Issiq ob-havoda qanday harakatlanish kerak:

1.   Issiqdan saqlaning. Och (oq) rangli, paxtadan tayyorlangan, havo o‘tkazadigan kiyim va bosh kiyim kiying. Sintetik matolardan qoching. Ko‘chada shoshmasdan yuring, soyada bo‘lishga harakat qiling.

2.   Ko‘p suv iching. Organizmdagi suv tanqisligini oddiy suv bilan to‘ldiring, gazlangan yoki shirin ichimliklardan saqlaning. Soat 12:00 dan 16:00 gacha ochiq quyoshda yurmaslikka harakat qiling, ish va faoliyatingizni uyda yoki bino ichida bo‘lish uchun rejalashtiring.

3.   Muntazam yuvining. Suv xona haroratida bo‘lsin, muzdek suv zotiljam kasalligiga olib kelishi mumkin. Ovqatga tuz bilan iste’mol qiling, chunki terlash orqali organizm natriy yo‘qotadi.

4.   Konditsionerdan ehtiyot bo‘ling. Uning sovuq shamoliga to‘g‘ridan to‘g‘ri duch kelmang, chunki bakteriyalar bronxit va zotiljamni kuchaytirishi mumkin.

5.   Oftob urishi alomatlari (holsizlik, bosh og‘rishi, yuzning oqarishi yoki qizarishi, pulsning me’yorida emasligi) paydo bo‘lsa, kichik miqdorda (80-100 ml) suv iching, uni og‘izda biroz ushlab turib yuting. Tezda soyaga yoki salqin joyga o‘ting, dush qabul qiling.

 Issiq haroratning ta’siri va oftob urganda birinchi yordam:

Jabrlanganni salqin joyga olib boring, kiyim tugmalarini yeching, tuzli sovuq suv ichiring, bosh va ko‘krakka sovuq kompress qo‘ying. Yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilaydigan dorilar bering. Nafas to‘xtasa, nashatir spirti hidlatib ko‘ring yoki sun’iy nafas oldiring, tez yordam kelguniga qadar davom eting. Shifokor nazorati tavsiya qilinadi.

 Murod Ibragimov JDPU mehnatni muhofaza qilish bo‘limi muhandisi


Ulashish:
563
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar uchun tarixiy muzeylarga ma’rifiy tashriflar tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 20 nafardan ziyod talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi qator tarixiy va ma’rifiy maskanlarga tashrif tashkil etildi.
“Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari faol ishtirok etdi.
Shaxmat bo‘yicha erkaklar va xotin-qizlar, shuningdek, shashka bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda JDPU jamoasi faxrli 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
JDPU talabalari Mo‘ynoqdagi ekologik maskanlarga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan Orol dengizi tarixi muzeyi hamda Orol kemalari yodgorligiga...