Ekofaol talabalar
Ekofaol talabalar
|
22/08/2025
Chop etish
“Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki” hashari JDPUda ko‘tarinki ruhda boshlandi.
Xabaringiz bor, 22–23-avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu ezgu tadbir mahallalar, ko‘chalarni obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash va bayramona kayfiyat yaratishga qaratilgan.

Jizzax davlat pedagogika universitetida ham hashar ko‘tarinki ruhda boshlandi. Tadbir bayramona ochilish marosimi bilan start oldi. Universitetning asosiy binosi oldida hasharchi talabalar va professor-o‘qituvchilar yig‘ilib, birdamlik va ko‘tarinki kayfiyat namoyon etdilar.

Universitet rektori Sh.Sharipov hasharchilarni qo‘llab-quvvatlab, ularni ezgu ishda faol ishtirok etishga chaqirdi. Bayramona kuy va qo‘shiqlar sadosi ostida barcha ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, hasharda bajariladigan vazifalarni o‘zaro taqsimlab oldilar.

Hashar davomida:

gul va daraxt ekish, daraxtlarni butash, ariqlarni tozalash;
sport maydonchalari, yo‘lak va xiyobonlarni tartibga keltirish;
binolar atrofi va yo‘laklarda tozalash ishlari;
o‘quv xonalarida stol-stullarni joylashtirish, auditoriyalarni tartibga keltirish;
kirish joylari va koridorlarni supurish, yuvish;
chiqindilarni yig‘ib, belgilangan joylarga olib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur hasharda professor-o‘qituvchilar, talabalar va universitet xodimlari birgalikda faol qatnashib, JDPU hududini yanada obod va fayzli maskanga aylantirishmoqda.


Ulashish:
2 882
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi.
JDPUda ijtimoiy psixologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Zamonaviy ijtimoiy psixologiya: an’analar va istiqbollar» mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
JDPUda jinoyatçilikning oldini oliş masalalari yuzasidan oçiq muloqot ötkazildi
Unda Jizzax şahar Içki işlar bölimi boşliği, polkovnik Şerqulov Jasur Mamatquloviç, universitet rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda talabalar iştirok etdi.