Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

OAK bilan bog’liq me’yoriy hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31 maydagi 239/3-son qaroriga

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga 9-ILOVA

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tomonidan OAKga yuboriladigan attestatsiya ishi hujjatlari

RO‘YXATI

  1. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi (majlis raisi) tomonidan imzolagan muassasa blankidagi kuzatuv xati.
  2. Talabgor to‘g‘risidagi obyektiv-ma’lumotnoma.
  3. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi (majlis raisi) va ilmiy kotibi tomonidan imzolangan Ilmiy kengash majlisi stenogrammasining asl nusxasi (Ilmiy kengash a’zolarining qayd varaqasi stenogrammaga ilova qilinadi).
  4. Rasmiy opponentlarning va yetakchi tashkilotning taqrizlari.
  5. Dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida OAK veb-saytida yoki “OAK Byulleteni” jurnalida hamda respublika markaziy gazetasida berilgan e’lon nusxalari.
  6. Dissertatsiya natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi hujjatlar;
  7. Talabgorning pasporti nusxasi.
  8. Talabgorning faoliyati va attestatsiya tadbirlari natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi; fan doktori (DSc) ilmiy darajasi talabgori uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja diplomining nusxasi; malakaviy imtihonlarni topshirganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning asl nusxalari; hammualliflikdagi ilmiy ishlarni dissertatsiyaga to‘la yoki qisman kiritish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligi).
  9. Dissertatsiyaning bitta nusxasi va dissertatsiya avtoreferatining ikkita nusxasi hamda talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari.
  10. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi talabgori uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja dissertatsiyasi avtoreferati.
  11. Dissertatsiya, dissertatsiya avtoreferati va talabgor to‘g‘risidagi obyektiv-ma’lumotnomaning elektron shakli yozilgan SD-disk.
Ilmiy darajalari berish to’grisidagi nizom

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31 maydagi 239/3-son qaroriga

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA

Ilmiy kengash yoki dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan Bir martalik ilmiy kengash tuzish bo‘yicha yoki izlanuvchi tomonidan ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga taqdim etiladigan hujjatlar

ROYXATI

  1. Dissertatsiya bajarilgan muassasaning dissertatsiyani himoyaga qabul qilish yoki Bir martalik ilmiy kengash tuzish haqidagi murojaati.
  2. Izlanuvchi to‘g‘risidagi obyektiv-ma’lumotnoma va uning elektron shakli yozilgan SD-disk.
  3. Izlanuvchining oliy ta’lim muassasasini bitirganligi to‘g‘risidagi diplomi nusxasi.
  4. Fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja diplomining nusxasi (fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgor uchun).
  5. Malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor uchun).
  6. Dissertatsiya bajarilgan muassasaning xulosasi.
  7. Dissertatsiya muhokama qilingan tashkilotlar xulosalari (agar mavjud bo‘lsa).
  8. Izlanuvchining dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan tasdiqlangan ilmiy ishlari ro‘yxati, asosiy ilmiy ishlari nusxalari.
  9. Ilmiy rahbar (maslahatchi)ning taqrizi.
  10. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgor uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja dissertatsiyasi avtoreferati.
  11. Hammualliflikdagi ilmiy ishlarni dissertatsiyaga to‘la yoki qisman kiritish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligi.
  12. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31 maydagi 239/3-son qaroriga
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Dissertatsiya himoyasi haqida OAK veb-saytida e’lon qilish bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlar

RO‘YXATI

  1. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi imzolagan yo‘llanma xat.
  2. Talabgor to‘g‘risidagi obyektiv-ma’lumotnoma va uning elektron shakli yozilgan SD-disk.
  3. Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni va uning elektron shakli yozilgan SD-disk.
  4. Dissertatsiya ilmiy natijalarining amaliyotga joriy etilgani to‘g‘risida berilgan hujjatlarning nusxalari.
  5. Dissertatsiya avtoreferatining qo‘lyozmasi hamda dissertatsiya va avtoreferatning elektron shakli yozilgan SD-disk.
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga