Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/02/2023
Chop etish
«Navosiz ulusning navobaxshi bo’l» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti Sirtqi bo’limida Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan mumtoz adabiyotimizning yirik vakili, adabiyot nazariyasi hamda she’riyatimizning buyuk darg’asi Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi munosabati bilan «Navosiz ulusning navobaxshi bo’l» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda kafedra dotsenti Qobil Kubayev tomonidan Alisher Navoiyning  ijodi, adabiyotshunoslikka qo’shgan hissasi, bugungi kundagi ahamiyati haqida ma»ruza, o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabalari tomonidan «Navoiy va Guli» dialogi, g’azallar tahlili, musiqiy ta’lim yo’nalishi talabalari tomonidan esa hazrat g’azallari asosida mumtoz musiqa asarlari ijro etildi.


Ulashish:
1 126
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.