Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/02/2023
Chop etish
Navoiyni yod etib…

Jismoniy madaniyat fakultetida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

Buyuk shoir va mutafakkir alloma Alisher Navoiyning bebaho ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixi rivojida alohida o‘rin tutadi. Alloma o‘zining asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egalladi.

Shu kunlarda Alisher Navoiy tavalludining 582yilligi munosabati bilan joylarda Navoiy ijodini yanada keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida adabiy-badiiy anjumanlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va navoiyxonlik kechalari o‘tkazilmoqda. Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari tomonidan tashkil etilgan “Navoiyni yod etib”  ma’naviy-ma’rifiy kechasi ham ana shular jumlasidandir.

 

Mazkur tadbir ikki qismda bo‘lib o‘tdi. Dastlab  fakultet professor-o‘qituvchilar ishtirokida  “Navoiy ijodini anglab” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy  davra suhbati tashkil etilgan bo‘lsa, tadbirning ikkinchi qismida talabalar tomonidan  sahnalashtirilgna badiiy kompozitsiya tomoshabinlar ixtiyoriga havola etildi.

 


Ulashish:
1 313
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.