Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/11/2023
Chop etish
Muvaffaqiyatli stajirovka va yangicha nigoh.

“Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi Kamoliddin Yusupov ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasi  Sankt- Peterburg davlat universitetining “Yuridik”, “Xalqaro munosabatlar” va “Politologiya” fakultetlarida  stajirovka o‘tamoqda.   Stajirovka jarayonida ko‘plab taniqli olimlar va malakali mutaxassis va ekspertlar bilan muloqotda bo‘lib, universitetda ta’lim va tarbiya jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlar va rejalar haqida, shuningdek, fan o‘qituvchilarining dars jarayonlarida ishtirok etib, o‘z malaka va tajribasini oshirmoqda. Ma’lumot o‘rnida: universitetda tahsil olayotgan talabalarning darsda ishtirok etishi majburiy xarakterga ega emas, talabalar faqat fan o‘qituvchilari tomonidan berilgan mustaqil ish va amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rib, zarur ballni to‘plashi talab etiladi.

Dars mashg‘ulotlari uchun alohida qo‘ng‘iroq chalinmaydi, fan o‘qituvchisi darsni 10-15 minut oldin yakunlashi ham mumkin. Stajirovka jarayonida M.Gorkiy nomidagi Respublika kutubxonasida  ilmiy rahbar  siyosiy fanlar nomzodi, dos. Eron siyosati bo‘yicha mutaxassis Artyom Alekssevich Andreev va yuridik fanlar nomzodi nomzodi, dos, Gratsienko Anna Sergeevnalar  hamrohligida dissertatsiya  mavzusi bo‘yicha arxiv materiallar va ma’lumotlar  o‘rganilib, tahlil qilinib dissertatsiyaning ilmiy yangiligiga oid ko‘plab taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.


Ulashish:
1 062
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.