Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/11/2022
Chop etish
Mutolaadan tadqiqotga

Joriy yil 2-noyabrda JDPU «Izlanish» klubi O’zbek adabiyoti yo’nalishi magistrlari bilan hamkorlikda Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha besh muhim tashabbus ijrosiga bag’ishlangan  «Mutolaadan tadqiqotga» mavzusidagi mahorat darsi tashkil etildi.

Universitet ARM mutolaa xonasida bo’lub o’tgan mazkur mahorat darsini klub rahbari D. Salimova hamda magistratura bo’limi dekan o’rinbosari S. Qobilov kirish so’zi bilan ochib berishdi.O’zbek adabiyoti yo’nalishi 2-bosqich magistrlari Sh.Mavlanova «Badiiyatda bola tafakkuri va ruhiyati talqini»,  F. Aliyeva «Adibalar Omina Shenklio’g’li va Salomat Vafoning xarakter yaratish mahorati» mavzusida olib borayotgan magistrlik izlanishlari xususida klub a’zolari bilan adabiyotshunoslik tahlili doirasida suhbat qildilar.

«Izlanish» klubi iqtidorli talabalari tomonidan berilgan adabiy aloqalar masalasiga oid turli nazariy savollar bahs-munozaralarga aylanib ketdi. Ushbu mahorat darsini matbuaotda yoritish maqsadida olingan videolavhalar va  klub a’zolari bergan intervyulari Jizzax televideniyesi dasturiga sahifa uchun taqdim etildi.

Mahorat darsi yakunida JDPU ARM xodimi M. Bobonazarova «Izlanish» klubining kitob mutolaasi va badiiy tahliliga bag’ishlab tashkil etilayotgan mashg’ulotlarni ko’pchilik  kitobxon talabalar bilan ham o’tkazish lozimligi, qolaversa, shu asnoda  klub bilan kutubxona hamkorligini rivojlantirilishiga doir bir qayor takliflari bilan o’rtoqlashdi.

Ismoil Haydarov,

«Izlanish» klubi a’zosi, o’zbek tili va adabiyoti fakulteti 4-bosqich talabasi.


Ulashish:
1 152
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.