Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/07/2023
Chop etish
Mutasaddilar Jizzax yoshlari bilan uchrashib, ularning fikrlari bilan qiziqmoqda.

Jizzax politexnika institutida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talabalar, magistrlar hamda abituriyentlar qatnashishdi.

Sayyor qabulda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, taʼlim olish, kasb o‘rganishga bilan bog‘liq muammolar, oliy taʼlim muassasalari qabul jarayonlariga oid yangiliklar muhokama etildi. Innovatsion g‘oya va startap loyihalar, grant turlari xususida maʼlumotlar berildi. Tadbirda Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, startap loyihalar g‘oyalari, kelajak rejalari xususida to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, savollariga javob oldi.

-Jizzax politexnika institutning magistratura bo‘limida tahsil olaman., – deydi yoshlardan biri Shahlo Hoshimova. – Intensiv baliqchilik bilan shug‘ullanaman. Loyiham bo‘yicha Talabalarni, xususan 10 nafar xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashim mumkin. Menga “siz rejangizni amalga oshirishingiz uchun MChJ ochishingiz kerak” deyishmoqda. Talaba bo‘lganim bois MCHJ ochish uchun yetarli mablag‘ topolmayapman. Menga shu muammoni yechishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

 

-Men Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi Umid Qodirovman. Badiiy ijodga qiziqaman. Universitetda tashkil etilgan “Izlanish” klubi aʼzosiman. Sheʼrlarim 9 ta tilga tarjima qilingan. Yaqindagina nashrdan chiqqan kitobimni ko‘p nusxada chop etilishida amaliy yordam berishingizni so‘rayman. Ushbu kitoblar esa maktab kutubxonalarida bo‘lishini va o‘quvchi yoshlar bundan bahramand bo‘lishini istayman.

Shahlo va Umidjonga o‘xshash, bir biridan qiziqarli takliflar bildirgan, turli mazmundagi, eng muhimi daromad keltiradigan loyihalarni taqdim etgan 100 dan ortiq yoshlar ishtirok etgan ushbu tadbirda  ko‘tarilgan taklif va muammolarning 10 dan ortig‘i shu yerning o‘zida, 10 ga yaqini vaqt talab qilganligi sababli, o‘rganib chiqish va amaliy hal etish uchun mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar tinglandi, savollarga javob berildi. Yangi hayot ostonasida turgan abituriyentlarga ezgu tilaklar bildirildi.


Ulashish:
1 174
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.