Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/08/2026
Chop etish
Mustaqillikning 35-yilligi tantanalari arafasida Bo‘ston shaharchasida JDPU tasarrufidagi 100 o‘rinli MTT foydalanishga topshirildi

Tantanali marosimda Zarbdor tumani hokimligi vakillari, nuroniylar, universitet faxriylari, tegishli soha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Ayni paytda Jizzax viloyatida 1 701 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritib, 3–7 yoshli 152 800 nafar bolaning 117 499 nafari (76,9 foiz) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Zarbdor tumanida esa 135 ta MTT mavjud bo‘lib, 3–7 yoshli 10 250 nafar bolaning 8 615 nafari (84,05 foiz) maktabgacha ta’limga jalb etilgan.

 

Universitet tasarrufida tashkil etilgan mazkur muassasa nafaqat hududdagi bolalar uchun zamonaviy ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratadi, balki JDPUning maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 1 700 nafar talabasi uchun amaliyot bazasi vazifasini ham bajaradi. Joriy yilda universitetning Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi oliy maktabini 1 229 nafar bitiruvchi tamomlamoqda.

Tadbir yakunida ramziy lenta kesilib, mehmonlar yangi maktabgacha ta’lim tashkilotini ko‘zdan kechirdilar hamda unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.


Ulashish:
905
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.