Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/11/2022
Chop etish
“Musiqa ta’limi va tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuvining dolzarb muammolari” mavzusida anjuman o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universisteti Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan  respulika ilmiy – amaliy konferensiyasisi Musiqa ta’limi tizimidagi zamonaviy muammolar: raqamli ta’lim muhitida musiqa oʻqituvchilarini tayyorlash texnologiyalari va sifati, Professional musiqa talimi tizimida zamonaviy ijrochilik san’ati, Iqtidorli bolalar bilan ishlashda yangi yondashuvlar, bolalar iqtidorini rivojlantirish va tashhislash kabi dolzarb mavzularga bag‘ishlandi. Konferensiyani JDPU Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorekor S.Nazarqosimov ochib berdi. Konferensiyada respublikamizdagi boshqa OTM laridan ham bir qancha professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar Musiqa ta’limi va tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuv – pedagogik zarurat, Musiqa madaniyatida san’at va ma’naviyat tarixini oʻrganishning pedagogik masalalari, Musiqiy ta’lim jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribalarni qoʻllash muammolari, Umumta’lim maktablari musiqa darslarida folklor qoʻshiqlarini oʻrgatishning pedagogik xususiyatlari, Musiqa ta’limi va tarbiya jarayonida STEAM va sinergiya ta’lim metodlari mavzularida ma’ruzalar qilishdi.


Ulashish:
1 609
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.