Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/06/2025
Chop etish
Milliy universitet Jizzax filiali talabalari “Ochiq eshiklar kuni”da faol ishtirok etdi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ochiq eshiklar kuni” yuqori tashkiliy darajada o‘tkazildi. Tadbirda viloyatdagi turli ta’lim muassasalari, jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari ham faol ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi abituriyentlar va ularning ota-onalariga universitetdagi ta’lim jarayonlari, mavjud yo‘nalishlar, ilmiy faoliyat, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma hamda shart-sharoitlar haqida keng qamrovli ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.

Mehmonlarga universitetning yangi laboratoriyalari, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari, kutubxona, talabalar turar joyi hamda sport infratuzilmasi namoyish etildi. Shuningdek, mehmonlar professor-o‘qituvchilar tarkibi va ularning ilmiy izlanishlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Ochiq eshiklar kuni doirasida tashkil etilgan ekskursiyalar, prezentatsiyalar va jonli muloqotlar orqali kelajakda talabalikka qadam qo‘yish niyatidagi yoshlar orasida universitetga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi. Tadbir ishtirokchilari o‘z taassurotlarini baham ko‘rar ekan, ushbu tashrif ular uchun juda foydali va ilhomlantiruvchi bo‘lganini ta’kidlashdi.


Ulashish:
593
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.