Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/10/2024
Chop etish
Milliy an’ana va qadriyatlar-o‘zbek xalqi ma’naviyatining ajralmas fazilatidir.

Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba yoshlar ishtirokida «Milliy an’ana va qadriyatlar-o‘zbek xalqining ajralmas fazilatidir!» mavzusida festival o‘tkazildi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – milliy va an’anaviy qadriyatlarni e’zozlash, yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, ular ongida jamiyatimizda tinchlik, millatlararo totuvlik va barqarorlikni mustahkamlashga bebaho hissa qo‘shayotgan, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan insonlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, shu bilan birga, xalqimizga xos bo‘lgan ezgu fazilatlarni yanada yuksaltirish, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliy-ma’naviy boyligimizni ko‘z qorachig‘iday asrab avaylash va yanada qadrlashdan iborat.

 

Tadbir doirasida milliy qadriyatlarimizni aks ettirgan ko‘rgazmalar, folklor jamoalarining dasturlari hamda milliy liboslar sayli tashkil etildi.

Tadbirga tashrif buyurgan yosh iste’dodli talabalarning badiiy chiqishlarida Vatan, mehr-muhabbat,  olamdagi bor ezgu tuyg‘ular tarannumi avj oldi. Ishtirokchilarning o‘yin-kulgilari esa festival dasturining zavqu shavqini, go‘zalligini yana bir chandon oshirdi.

O‘ziga xos bag‘rikenglik, umumbashariy qadriyatlarga sadoqat, millatidan, dinidan, irqidan qat’iy nazar, millatlararo munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda Besh tashabbus musobaqalarida faol ishtirok etgan sportchi talabalarning chiqishlari o‘zgacha bo`ldi.


Ulashish:
955
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.