Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarning raqamli muhitdagi huquq va majburiyatlari, internetdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida ochiq muloqot va davra suhbati tashkil etildi.
Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi talabalari ishtirokidagi muloqotda raqamli muhitda shaxsiy huquqlarni himoya qilish, shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligini ta’minlash, kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish, internetdagi turli xavf va tahdidlardan himoyalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.





Tadbirda oliy maktab dekani, universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” bo‘limi boshlig‘i, yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, profilaktika inspektori, talabalar va yoshlar bilan ishlash bo‘limlari mas’ullari hamda tyutorlar ishtirok etdi.




Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli tushuntirish va tavsiyalar oldilar.






Tadbir talabalarning raqamli huquq va majburiyatlar borasidagi bilimlarini mustahkamlash, shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish hamda internet makonidan xavfsiz, ongli va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
