Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/09/2023
Chop etish
“Men giyohvandlikga qarshiman” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax viloyati OITS markazi shifokorlari ishtirokida “Men giyohvandlikga qarshiman” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Jizzax viloyati OITS markazi mutaxassislari talaba yoshlarga hozirgi kunda dolzarb masala sifatida qarab kelinayotgan giyohvandlik moddalari va psixotrop dori vositalari va uning ayanchli oqibatlari, jumladan inson hayoti uchun eng xavfli kasаllikdan biri OITS haqida maʼlumotlar berishdi.

Suhbat davomida shuningdek OITS ( orttirilgan immunitet tanqisligi kasalligi ushbu kasallikning kelib chiqish sabablari, inson organizmda rivojlanish bosqichlari hamda uning oqibatlari xususida taqdimotlar namoyish etildi Suhbat so‘ngida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqotda talabalar kasallikning ilk belgilari va uni aniqlashda nimalarga eʼtibor berish mavzusida savol-javoblar qilishdi.


Ulashish:
872
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...