Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/02/2023
Chop etish
“Men donorman” xayriya aksiyasi davom etmoqda.

Universitetda faoliyat olib borayotgan xodimlar va volontyor talabalar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida” 2022-yil 9-avgustdagi PQ-348-son Qarori ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish maqsadida   5-10-fevral kunlari “Qon donorligi haftaligi” doirasida “Men donorman” aksiyasi bo’lib o’tmoqda.Ta’kidlash joiz ushbu aksiya Gematologik, onkogematologik va boshqa davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan yoshlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ushbu kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish hamda yoshlarda olijanoblik, bag‘rikenglik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

“Men donorman” xayriya aksiyasi Jizzax viloyat qon quyish stansiyasi mutasaddilari tomonidan har bir xodim maxsus nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib  belgilangan tartibda donorlikka ro‘yxatga olinishi e’tiborga olindi.  Shu paytgacha ushbu aksiyada 32 nafar ko‘nglli yoshlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Xayriya Aksiyasi 10 fevralgacha davom etadi.

 


Ulashish:
1 275
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...