Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/02/2024
Chop etish
“Men donorman” xayriya aksiyasi davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika Universitetda faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar ishtirokida “Qon donorligi haftaligi” doirasida “Men donorman” aksiyasi o‘tkazildi. Ta’kidlash joiz ushbu aksiya Gematologik, onkogematologik va boshqa davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan yoshlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ushbu kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish hamda yoshlarda oliyjanoblik, bag‘rikenglik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

“Men donorman” xayriya aksiyasi Jizzax viloyat qon quyish stansiyasi mutasaddilari tomonidan har bir xodim maxsus nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, belgilangan tartibda donorlikka ro‘yxatga olinishi e’tiborga olindi. Shu paytgacha ushbu aksiyada ko‘plab ko‘ngilli yoshlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.


Ulashish:
970
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.