Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/11/2024
Chop etish
«Mediamakonda tilning ahamiyati va mohiyati» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Rus tili va adabiyoti fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan mahorat darsini Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasidagi Qozon federal universiteti Jurnalistika va mediakommunikatsiyalar oliy maktabi Milliy va global media kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Alfred Shakirov o‘tkazdi.

Mediamakon va uning vositalari kengayib borar ekan, ular muloqot shakllarini osonlashtiribgina qolmay, ijtimoiy yaqinlikka imkon yaratadi. Shunday ekan, har bir jamiyat a’zosi borki, o‘zini qurshab turuvchi, qaysidir ma’noda, uni axborot uzatish orqali bilvosita boshqaruvchi mediamakonning qimmatli bo‘lagi bo‘lgan mediamatnlarni to‘liq anglashi dolzarblik kasb etadi. Qolaversa, tilshunoslik nuqtai nazaridan olib qaraganda, tilni ijtimoiy muhitning belgisi sifatida o‘rganuvchi olim uchun ham aynan uning tadrijiy rivojini kuzatish uchun mediamatnlar tadqiqi muhim manba sifatida ahamiyatlidir.

 Mahorat darsida ana shu dolzarb mavzu haqida so‘z bordi. Talaba  yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.


Ulashish:
734
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.