Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/11/2025
Chop etish
Maxsus pedagogika kafedrasida amaliyotlarni samarali tashkil etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika kafedrasida “Universitetda 2025–2026 o‘quv yilida “4+2”tartibidagi va boshqa turdagi amaliyotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, fakultet dekanatlari vakillari hamda amaliyot rahbarlari ishtirok etdilar. Seminar-treningning asosiy maqsadi — yangi o‘quv yilida talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, “4+2” tizimi asosida amaliyot jarayonini takomillashtirish hamda amaliyot dasturlarini zamonaviy ta’lim talablariga moslashtirishdan iborat bo‘ldi.

 

Seminar davomida amaliyotlarning turlari, o‘tkazilish muddatlari, hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik tartibi, talabalar hisobotlarini baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘quv jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyalash, talabalar kasbiy kompetensiyalarini oshirish va amaliy tayyorgarlik sifatini yanada yaxshilash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar amaliyot jarayonida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

 

Mazkur tadbir Maxsus pedagogika kafedrasi tomonidan talabalar amaliy tayyorgarligini samarali tashkil etish va ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


Ulashish:
1 613
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...