Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/11/2023
Chop etish
Matematika va informatika fakulteti talabasi matematika fani bo‘yicha xalqaro olimpiada sovrindori bo‘ldi.

2023 yilning 23-27-oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan  Universitet talabalari o‘rtasida matematika fanidan o‘tkaziladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi navbatdagi II Xalqaro olimpiadasida JDPU talabalari ham  ishtirok etishdi.

Olimpiadada 50 ga yaqin oliy ta’lim muassasalaridan 200 dan ortiq talabalar o‘z bilimini sinashdi. Mazkur olimpiadada matematika va informatika fakulteti talabalari Muhammadiyeva Dilshoda, Qosimov Jamshid, Xolmamatova Marjona va Mavlonov Davron  munosib ishtirok etib, 4-bosqich talabasi Qosimov Jamshid Asomiddin o‘g‘li 3-o‘rin bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Fakultet jamoasini hamda Jamshid Qosimovni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz.


Ulashish:
1 154
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.