Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/10/2024
Chop etish
«Ma’rifatparvar jadidlar» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 2- oktyabr kuni axborot-resurs markazi o‘quv xonasida ARM da faoliyat yuritayotgan «Qodiriy vorislari» kitobxonlar to‘garagi hamda universitet Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchi, tyutor va talabalari hamkorligida «MA’RIFATPARVAR JADIDLAR» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida fakultet talabalariga ARMdan foydalanish qoidalari, fondlari va a’zolik, masofaviy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan «Qodiriy vorislari» kitobxonlar to‘garagi va «Tafakkur» klubi 24/7 rejimida xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bo‘limda tashkil etilgan oliy ta’lim muassasasi talabalariga o‘qish uchun tavsiya etilgan eng sara 150 ta badiiy adabiyotlar bilan tanishtirildi. Ushbu adabiyotlarni «7 kunda 1 kitob » loyihasi asosida o‘qishlari taklifi bildirildi. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi.


Ulashish:
737
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.