Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/11/2025
Chop etish
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi iliq uchrashuv: shoirlar va talabalar gulxan atrofida.

Jizzax davlat pedagogika universitetining 1-sonli Talabalar turar joyida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida unutilmas kecha tashkil etildi.

Tadbirga adabiyot ixlosmandlariga yaxshi tanish ijodkorlar — Shodmon Sulaymon, Ochil Tohir va Olim Toshboyev mehmon sifatida tashrif buyurishdi.

Gulxan atrofida yig‘ilgan talabalar, ustozlar va ijodkorlar o‘rtasida samimiy, iliq davra suhbati kechdi. Ochiq osmon ostida jilvalangan olov alangasi, talabalar quvonchi, she’rlarning jarangi — bularning barchasi o‘sha onning o‘ziga xos sehrli muhitini yaratdi.

Shoirlar muhabbat, ona-yurtga sadoqat va mehr -oqibat haqida bitilgan satrlarini talabalar uchun o‘qib berishdi. She’rlar gulxan shu’lasiga uyg‘un holda talabalarga ilhom, ruhiy yengillik va yangi kuch bag‘ishladi. Eng yoqimlisi, talabalar shoirlar tomonidan boshlangan misralarni davom ettirib, adabiyotga bo‘lgan mehr va qiziqishlarini namoyon qilishdi.

Shuningdek, yig‘ilgan yoshlardan ayrimlari o‘z ijod namunalari — yangi tug‘ilgan misralar, ilk she’riy izlanishlari bilan bo‘lishib, mehmonlar va do‘stlaridan olqish oldilar. Bu esa yosh ijodkorlar uchun katta rag‘bat bo‘ldi.

Kechaning umumiy kayfiyati mehr, ma’rifat va ijod nafasiga to‘ldi. Gulxan atrofidagi bu iliq uchrashuv talabalar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi. Bir so‘z bilan aytganda, “Ma’rifat ulashib” loyihasi yoshlar qalbiga nur, ilhom va ezgulik olib kirishni yana bir bor namoyon etdi.


Ulashish:
1 079
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.