Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/10/2024
Chop etish
«Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar jizzaxlik yoshlar bilan uchrashdi
Dastlab taniqli adib va yozuvchilar ishtirokidag iuchrashuvlar JDPU qoshidagi tayanch maktablardan biri bo‘lgan 30-umumta’lim maktabi hamda 23-umumta’lim maktablarida tashkil qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan maktablarda o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari To‘lqin Hayit, Oydinnisolar so‘z olib, adabiyot va yoshlar tarbiyasi masalasiga to‘xtaldilar. O‘quvchilarga kitob o‘qishning ma’naviy zarurati, yosh avlod mafkurasiga turli tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi sharoitdagi dolzarb ahamiyati haqida tushuncha berildi. Ijodkorlar o‘z ijod namunalaridan yod aytdilar.

Uchrashuvda barakali ijodi bilan milliy adabiyotimizda salmoqli o‘rin egallagan atoqli shoirlarimizning hayoti va ijodi yodga olindi. Muloqot chog‘ida o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan savollarga javob olishdi.

                                       Yoshlarni yuksak ma’naviyatli, fidoyi va vatanparvar inson etib tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi davom etmoqda.

Zamondosh shoir va yozuvchilar, adabiyot darg‘alari respublikamiz bo‘ylab “Ma’rifat ulashib” dasturi doirasida barcha oliy va umumta’lim dargohlarida yoshlar bilan uchrashmoqdalar. Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar To‘lqin Hayit, Oydinniso kabi adabiyotimiz darg‘alarini ko‘tarinkilik bilan kutib olishdi.

 

Mehmonlar kun davomida rejalashtirilgan mazmunli uchrashuvlar, tadbirlar dasturi bilan yaqindan tanishtirish bilan bir qatorda oliygoh faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, xususan, turli to‘garaklar ijodkorlarda iliq taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng mehmonlar universitet hududidagi “Professorlar bog‘i” ida bo‘lishdi.

Yerga nihol – ko‘chat ekish xalqimizda uzoq yillar davomida insonlarga ezgulik ulashish kabi fazilatlardan dalolat beradi. Tashrif chog‘ida mehmonlar oliygohda yangi tashkil etilgan «Professorlar bog‘i»ga yangi nihol ekib, universitet uchun ko‘p yillar xizmat qila oladigan esdalik qoldirishdi.     “Professorlar bog‘i” yana bir nechta mevali va manzarali ko‘chatlar bilan boyidi.

Tadbirning asosiy qismi universitetning madaniyat saroyida davom etdi. Shoir va yozuvchilar Vatanni madh etuvchi she’rlar, g‘azallar o‘qidilar. Shu o‘rinda iqtidorli talabalar ham o‘zlari qoralagan she’rlarni taqdim etdilar. Ijodiy uchrashuv, badiiy kecha yoshlarga manzur bo‘ldi.Tadbir davomida ijodkorlar tomonidan talabalarga kitoblar ulashildi. Interaktiv tarzda o‘tkazilgan savol-javoblar talabalarga manzur bo‘ldi.

 


Ulashish:
626
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bitiruvchilarni kasbiy sertifikatlashga tayyorlash boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi kurs talabalarini kasbiy rivojlanishga tayyorlash maqsadida sinov jarayonlari tashkil etildi.
“Fanlararo tadqiqotlar va Scopus: ilmiy natijalarni xalqaro darajaga olib chiqish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Professor Dilfuza Egamberdiyeva istirokida o]tgan seminarda fanlararo yondashuv, Scopus va Web of Science bazalarida nashr talablari, akademik halollik hamda “yirtqich” jurnallar xavfi muhokama qilindi.
“Kelajakka qadam”: bitiruvchilar bilan uchrashuv va seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv va seminar tashkil etildi.