Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/10/2024
Chop etish
«Ma’rifat ulashib » loyihasi doirasida tadbirlar davom etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir mehmoni O‘zbekiston Yozuvchilar ijodiy uyushmasi a’zosi, Respublika jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi, novator shoir, zarbuldoston, qo‘shsatr, eshsonetlar, uchshoda va qo‘shshoda deb atalgan yangi she’riy janrlar asoschisi Safar Olloyor bo‘ldi.

Ijodkorning tashrifi dastavval universitet bilan tanishuvdan boshlandi. Talaba yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, oliygohning 50-yillik tarixi bilan bog‘liq jarayonlar batafsil tanishtirildi. Shundan so‘ng ijodkor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv novator shoir tomonidan yaratilgan yangi she’rlar taqdimoti bilan boshlandi.

Ijodga, adabiyotga qiziqishi baland talaba yoshlar ham o‘zlarining ijod namunalarini o‘qib berishdi. Uchrashuv shoiring kitoblar taqdimoti va mushoira bilan davom etdi.


Ulashish:
741
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.