Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/08/2024
Chop etish
Manfaatlar to‘qnashuvi taraqqiyot kushandasi.

Jizzax viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsida Jizzax davlat pedagogika universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi Bosh mutaxassisi Bosimov Doston Olim o‘g‘li «Manfaatlar to‘qnashuvi – taraqqiyot kushandasi» mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi haqida tushunchalar berib, ushbu huquqbuzarliklar, illatlar har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishini, shu bois korrupsiyaga qarshi kurash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olganligini, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bir qancha qonun, qaror va vazirlikning buyruqlari qabul qilinganligini, ish faoliyatida korrupsiyaviy holat va manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabardor bo‘lganda birinchi navbatda o‘zi ishlab turgan davlat organi, muassasa, tashkilot boshlig‘ini xabardor qilish kerakligini yoki maxsus bo‘linmalarga xabar berish kerakligi haqida aytib o‘tildi.


Ulashish:
2 050
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.