Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/02/2024
Chop etish
“Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish metodikasi” mavzusida seminar trening tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan mazkur tadbirda tegishli bo‘lim boshliqlari, mutaxassislar, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar taklif etildi. Seminarni prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. U oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning o‘rni va roli haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning samarali usullari to‘g‘risida “Pedagogika va psixologiya fakulteti o‘qituvchisi A.Qayumov mahorat darslarini o‘tdi .

Qizg‘in bahslar asosida o‘tgan seminarda yoshlarga psixologik yordam ko‘rsatish, dunyoqarash, siyosiy yetuklik, axloqiy barkamollikni shakllantirishning yo‘llari yuzasidan universitet psixologi B.Bosimov psixologik test o‘tkazdi. Seminarda ishtirokchilari barcha mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi


Ulashish:
1 168
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.