Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/06/2025
Chop etish
Maktabgacha ta’lim fakulteti yozgi lagerda navbatdagi kengash yig‘ilishi o‘tkazdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi universitetning Uob qishlog‘ida joylashgan yozgi ta’lim-dam olish lagerida navbatdagi kengash yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yig‘ilishda fakultet dekani, professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Diyor Axmurodov ishtirok etdi. Kun tartibidan o‘rin olgan masalalardan biri sifatida D.Axmurodovning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha hisoboti tinglandi va muhokama etildi. U o‘z ma’ruzasida talabalarning ta’lim, madaniyat, sport va ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Yig‘ilishdan so‘ng professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida sport musobaqalari o‘tkazildi. Futbol, voleybol va stol tennisi kabi turlarda faol ishtirok etgan pedagoglar musobaqalarni katta ruhiy ko‘tarinkillikda o‘tkazdilar.

Shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish, mahalliy tabiat go‘zalliklari bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan ekskursiyalar ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi. Uob qishlog‘ining tabiiy manzaralari, sof havosi va tinch muhiti mehmonlarga xush kayfiyat ulashdi. Mazkur tadbir Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi uchun nafaqat faoliyatini muhokama qilish, balki dam olish va jamoaviylikni mustahkamlash imkonini ham yaratdi.


Ulashish:
478
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuv yoshlar o‘rtasida...
JDPUda FLTAL yo‘nalishidagi 16-xalqaro ilmiy konferensiya yuqori saviyada o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida FLTAL yo‘nalishiga bag‘ishlangan 16-xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilib, unda mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etdi. Anjumanni universitet rektori ochib, uning ilmiy-amaliy ahamiyati,...
Jizzax davlat pedagogika universitetida yapon tili va madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan yangi markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Universitetning Bog‘ishamol kampusida o‘tkazilgan tadbirda Yaponiyadan tashrif buyurgan mutaxassislar, xorijlik mehmonlar hamda “Nagoya–O‘zbekiston do‘stlik jamiyati”Umida Ashurova rahbari ishtirok etdi.