Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/01/2023
Chop etish
Maktabgacha ta’lim fakultetida davra suhbati tashkil etildi.  

Fakultetning Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til kafedrasida bo‘lib o‘tgan tadbirda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish Komplaens-nazorati tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Umrzakov tomonidan sohaga tegishli korrupsiya va uning illatlari, korrupsion va boshqa turdagi huquqbuzarliklar bo‘yicha xabar berish tartibi to‘g‘risidagi bir qator hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida rahbar-xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarga tushuntirish ishlarini olib borish zarurligi haqida tushunchalar berdi.

Shu o‘rinda fakultet dekani U.Jumanazarov 2022-2023 o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan   oraliq nazorat va yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq jarayonlarda va 4+2 malakaviy amaliyot bo‘yicha professor-o‘qituvchilarimni ta’magirlik va firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan ogohlantirishlar berish bilan bir qatorda Yuqoridagi holatlar universitetning nufuzi va sha’niga dog‘ tushurishi hamda jinoyat ekanligini  ta’kidladi Tadbir so‘ngida ta’lim sifatini oshirishda va xalqaro tajribalar asosida dars jarayonlarini olib borishga keng e’tibor berish, nizomda ko‘rsatilgan jarayonlarni inobatga olgan holda tadbiq etish yuzasidan ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

 


Ulashish:
1 286
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...