Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/04/2024
Chop etish
Maktabda «Parents day» (Ota-onalar kuni) o‘tkazildi.

JDPU Jizzax shahar 30 -maktabda amalga oshirishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan Yo‘l xaritasining 30- bandini ijrosi yuzasidan maktabda «Parents day» ( Ota-onalar kuni) o‘tkazildi. O‘quvchilarning maktab darslarida muntazam qatnashishlarini ta’minlash hamda yoshlar o‘rtasida turli nojo‘ya va ular tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi odatlarning tarqalishini oldini olish maqsadida tashkil etilgan tadbirda o‘quvchi yoshlar va ota-onalar qatnashishdi.

Tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari va universitet o‘qituvchilari ota-onalarga O‘z farzandlari oldidagi mavjud majburiyatlarini to‘la anglagan holda, bolani maktab darslarida to‘liq va doimiy ishtirok etayotganligini qat’iy nazorat qilishi, bunda maktab ma’muriyati va sinf rahbarlari bilan muntazam aloqa o‘rnatishi haqida tushuntirishlar berildi.


Ulashish:
924
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.