Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/10/2023
Chop etish
Mahmud Qoshg‘ariy ijodiy merosining tilimiz rivojida tutgan o‘rni

“Izlanish” klubi, Axborot resurs markazi tomonidan 21 oktyabr O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan “Mahmud Qoshg‘ariy ijodiy merosining tilimiz rivojida tutgan o‘rni” mavzusidagi seminar-treningi hamda Mahmud Qoshg‘ariy qomusiy kitoblari taqdimoti tashkil etildi.

O’quv mashg‘ulotida ona tilimizning qadr-qimmati, bugungi globallashuv davrida tilimizga xuruj qilayotgan turli yot va salbiy omillar haqida fikr yuritildi. Ona tilimizni sof holda saqlab qolish uchun olib borilayotgan bir qator chora-tadbirlar haqida so‘z bordi.borishidan avval, tilimizni eʼzozlash borasidagi o‘tmish mutafakkirlarimizning ilmiy merosini alohida diqqat markaziga olib chiqish ibrat va tarbiya  jihatidan muhim ekanligi taʼkidlandi. Shu maqsadda seminar-treningda qomusiy olim Mahmud Qoshg‘ariyning turkiy til haqidagi asarlarning yuksak namunasi sanalgan “Devoni lug‘ot it-turk” asari tanlab olindi.

Seminar-treningning ikkinchi qismi JDPU ARMga kelgan yangi nashrlar taqdimotiga bag‘ishlandi. Kutubxona xodimlari “Kitoblar siz uchun” mavzusida Turkiy tillar xalqaro jamiyati fondi tomonidan nashr etilgan 100 tomli Turkiy til durdonalari turkumidagi badiiy ilmiy kitoblar bilan klub aʼzolarini tanishtirdilar.


Ulashish:
1 129
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.