Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/09/2025
Chop etish
Magistrantlar bilan “Mustaqillik darsi”
Madaniyat saroyida magistrantlar uchun navbatdagi “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. Dars professor Faniya Axmedshina ishtirokida qizg‘in va samarali o‘tdi.

— “Tanlanganlar, xush kelibsiz bu dargohga”, — deya samimiy so‘zlar bilan chiqish qilgan professor Axmedshina mustaqillik tarixi, unga jon fido etgan ajdodlar merosi, jadidlar harakatining o‘rni hamda ilm olishning qadri haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Dars jarayonida yoshlarga zamonga hamnafas bo‘lib yashash, bilim va izlanishga intilishning ahamiyati haqida hayotiy misollar keltirildi.Izlanishdan charchamaslik va Vatanga sadoqatli bo‘lish yo‘lida qimmatli tavsiyalar berildi.

Eng muhimi, suhbat savol-javob, fikr va takliflar almashuvi, qizg‘in bahs va munozara ruhida kechdi. Ushbu dars magistrantlar xotirasida uzoq yillar saqlanib qolishi shubhasiz.


Ulashish:
3 014
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.