Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/10/2024
Chop etish
Kuzgi mavsumda JDPUning «Bog‘ishamol» hududida besh ming tupdan ortiq nihollar ekiladi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasida bahorgi mavsumida 5 ming tupdan ziyod manzarali va mevali ko‘chatlar ekilgan.

Soha mutaxassislari hamda universitetning tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchilari tomonidan «Bog‘ishamol» hududidagi yangi bino atrofidagi ko‘chat ekilishiga mo‘ljallangan yer holati o‘rganildi.

Natijada ushbu joyga qurg‘oqchilikka chidamli bodom hamda qayrag‘och daraxtlari ekish rejalashtirildi. ushbu joylarni bog‘-rog‘larga aylantirish maqsadida yerning agrotexnik holati yaxshilandi.

Ayni paytda volontyor talabalar va o‘qituvchilar ko‘chat ekish ishlarida faol bo‘lishmoqda. O‘z mehnatlari bilan ekilgan har bir niholni parvarishlash va saqlashda jonbozlik ko‘rsatishmoqda. Maqsad esa bitta u ham bo‘lsa mana shu atrofni yashil chamanzorga aylantirish.


Ulashish:
842
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.