Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/05/2023
Chop etish
Kurs muvaffaqiyatli yakunlandi

Xalqaro Nordik universiteti tomonidan Finlandiyaning Helsinki, Jyväskylä, Kareliya va JAMK amaliy fanlar hamda pedagogika institutlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish kursi ikki hafta davomida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Yurtimizdagi 10 ta oliy ta’lim muassasasining 25 nafar rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari ikki hafta davomida Finlandiya ta’lim tizimini keng o‘rgandilar.Ushbu professor*o‘qituvchilar oraisda JDPUdan 3 nafar o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Kurs davomida Finlandiyaning ta’lim ekspertlari ko‘magida maktabgacha ta’lim, maktab, yuqori sinf va oliy ta’lim tizimlari hamda xalqaro baholash tizimi bilan tanishildi.

Finlandiya bo‘ylab bolalar va yoshlarning o‘qishi uchun professional yordam beruvchi Valteri ta’lim va konsalting markazi tajribalari asosida inklyuziv ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi.

Shuningdek, kurs tinglovchilari Kareliya amaliy fanlar universitetida seminar-treninglarda qatnashdilar. Finlandiya oliy ta’lim sohasidagi yurtimiz ta’lim tizimini isloh qilishda qo‘l keladigan ilg‘or tajribalarni o‘rganishga e’tibor qaratildi.

Trening va amaliy mashg‘ulotlarda qo‘shma dasturlar ishlab chiqish tartiblari, zamonaviy, innovatsion o‘quv muhiti va vositalari, o‘quv rejalari bilan tanishildi.

Karelia AF universiteti (rektori Petri Raivo) bilan yurtimiz OTMlari o‘rtasida strategik hamkorlik mustahkamlanib, o‘zaro Anglashuv memorandumlari imzolandi.

Kurs tingovchilari O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasiga ham tashrif buyurib, elchi bilan uchrashdilar.

Finlandiyada malaka oshirish kursi qizg‘in bahs-munozaralar, muhokamalarga boy o‘tdi, yangi xorijiy bilim va ko‘nikmalar egallandi. Kurs yakunida ishtirokchilar Sertifikatlar bilan taqdirlandilar.


Ulashish:
1 222
Boshqa rubrikalarda mashhur

Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...