Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/09/2023
Chop etish
“Korrupsiyasiz soha” mavzusida suhbat o‘tkazildi.

Uchrashuvda universitetning Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish va ichki nazorat monitoring bo‘limi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi vakillari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib,

talabalar yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlarida professor-o‘qituvchilarni tamagirlik holatlariga va manfaatlar to‘qnashuviga undamaslik, yakuniy nazorat imtihonlarda o‘z bilimlariga tayangan holda baholarni olishlarini, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka doir choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushunchalar berildi. Uchrashuv O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1 kurs talabalari va ota onalari bilan o‘tkazildi.


Ulashish:
754
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.