Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/04/2023
Chop etish
Konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati

Bugungi kunda yurtimizda katta siyosiy jarayon, umumxalq referendumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Talaba-yoshlarni asosiy qonunimizga kiritilayotgan o’zgartish va qo’shimchalar bilan yaqindan tanishtirish, ularning siyosiy ongi va huquqiy bilimini yanada mustahkamlash maqsadida Jizzax davlat pedagogika universitetida “O’zbekiston Respublikasida referendumni tashkil etishning huquqiy asoslari va Konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati” mavzusida seminar-trening bo’lib otdi.

Ushbu seminarda “Demokratiya va inson huquqlari instituti” direktori, yuridik fanlari nomzodi Sayyora Xodjayeva, direktor o’rinbosari, yuridik fanlari nomzodi Shoira Umarova, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili(ombudsman)ning Jizzax viloyati bo’yicha mintaqaviy vakili O’tkir Jo’rayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo’limi rahbari Iqboloy Umarovalar universitet talabalariga, xususan referendumda ilk marotaba ovoz beruvchilarga referendum tushunchasi, uning demokratik davlatdagi o’rni va ahamiyati haqida batafsil so’zlab berishdi.

Seminarda 30-aprel kuni bo’lib o’tadigan referendumni kuzatish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar va tashkilotlar vakillari, YHXT vakili Garold Otto, YHXT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi kotibi Katya Endryuzlar ham qatnashib, mamlakatimizda bo’layotgan o’zgarishlarga o’z fikrini bildirdi va talabalar bilan samimiy suhbatlashdi. Seminar ko’tarinki ruhda, savol-javoblarga boy tarzda o’tdi.


Ulashish:
1 250
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...