Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/09/2023
Chop etish
“Kitobxon yoshlar ligasi  onlayn tanlovi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi.

Kecha , Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirishini maqsadida tashkil etilgan  tanlovda yuqori o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar (noutbuk, smart televizor va planshet) hamda Vazirlikning diplomlarini topshirdi.

Tanlovda faol ishtirok etib, sovrindor bo‘lgan talabalar orasida JDPU Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi Jasur Ro‘zimurodov  hamda Tibbiyot fakulteti 4-bosqich talabasi Hasan Ochilova borligi ko‘ksimizni faxrga to‘ldiradi.  Diplom va esdalik  sovg‘alar bilan taqdirlangan Talabalarimizning keyingi ishlariga omad tilaymiz !


Ulashish:
1 029
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...