Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/03/2025
Chop etish
“Kitob-millatning bebaho madaniy merosi” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Universitet axborot-resurs markazi, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida “Milliy tarix va qadriyatlar” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Kitob-millatning bebaho madaniy merosi” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi.

Ushbu ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirda milliy qadriyatlaimiz, kitob mutolaa qilish odobi, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda kutubxona va axborot-kutubxona muassasalarining ahamiyati kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Tadbirda shuningdek, “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tavsiya qilingan 100 ta eng sara adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirga Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan dastur yakun yasadi.


Ulashish:
548
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.