KIMYO TALIMIDA KIMYOVIY KINETIKA VA KATALIZ NAZARIYALARINI O‘QITISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI.
k.f.n.B.Abduraxmanov. magistrantlar: F. Mamatmuradova, Z. Pardaeva
Abstract.This article mainly deals with the theoretical basis of the theory of dissociation of acids, bases and salts and the methodology of teaching their properties. Bunda presents the methodology of teaching the mechanism of dissociation of acids, bases and salts and ion Exchange reactions and the methods of writing Ionic equations based on the problematic instructional technology.
Keywords:problematic educational technology, dissociation, ion, acid, base, salts, dissociation mechanism, ion exchange reactions, melting mechanism, hydration.
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash, nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, o‘qituvchi o‘quvchi yoki talabaning shakllanish jarayonini zo‘r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayonlarni boshqarar ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lishi lozim. Shundagina xar qanday fan o‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bilan birgalikda pedagogik asoslarini nazariy asoslarini ilmiy asosida bilishligi va dars jarayonlariga tadbiq eta olishligi lozim. Bulajak metodist o‘qituvchi pedagogik nazariyalarni ilmiy asosda o‘rganish jarayonida: pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogikani tushunib yetadi. Pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lgan o‘qituvchi avvalo, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishining qonuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi kerak. Ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagoglarning ko‘pchiligi ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahoratning zaruriyati va ahamiyatini tobora chuqur anglab bormokdalar.[1
Bugungi kunda kimyo o‘qtish metodikasi yunalishida tayyorlandigan bo‘lajak metodist o‘qituvchilar ikkita yo‘nalish metodolgik o‘rganmoqda:
1.Kimyo faning umumiy nazariyalari(anorganik,organik,analitik,polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiyalarning nazariy asoslari).
2.Kimyo o‘qitish metodikasini nazariy asoslari:Kimyo o`qitish jarayonida o`quvchilarda vatanparvarlik, baynalminal, mehnat, ekologik tarbiyalarni shakllantirish. Kimyo o`qitishda o`quvchilarni rivojlantirish. Kimyo kursida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish manbalari va vositalari. Kimyo o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalashga xar tomonlama yondashish.Kimyoo‘qitishjarayoni. Kimyoning muammoli o`qitilishi o`quvchilarni rivojlantirish vositasi ekanligi. O‘qitish metodlarining funksiyalari xaqida va uning revojlanish bosqichlari xamda faning ilmiy asosida revojlantirgan ulug‘ fan olimlar va metodist olimlarimizning fanga revojlantirishga qo‘shgan ilmiy nazariy asoslarini,ilmiy meroslarini metodologiyasini yosh avlodga o‘rgatishga asoslanmoqda.Bunda asosan bulajak metodist o‘qituvchilarimiz quydagi kimyo o‘qitish metodikasining nazariy asoslarini metodologiyasi bo‘yicha kunikma va malakalarga ega bo‘lishadi:
.Shunga asoslanib yosh metodist o‘qituvchilar maktabda kimyo talimini nazariyalari asosida metodlarni tadbiq qilish orqali amalga oshiradilar.Bunig uchun o‘qituvchi maktab kimyo talimini o‘zi qanday to‘zilgan va u nimalarga asoslanishini nazariy asoslarini chuqur o‘rganishlari zarur:Qaysik,maktab kimyo talimi,bu maktabda kimyo ta’limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish va o‘stirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlar beriladi.
Maktabda o‘rganiladigan kimyoning mazmuni imkoni boricha o‘quvchilar atrofini o‘rab turgan muhitdagi hayot, turmush va ishlab chiqarish hamda o‘quvchilarning turmush tajribasi bilan bog‘langan bo‘lishi lozim. O‘quv dasturi kimyo fani o‘qitishda oddiydan murakkabga tomon tuzilgan bo‘lib, dastavval modda, moddalarning xossalari, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi, kimyo sanoati erishgan yutuqlar, tabiat va jamiyatda kimyoviy ishlab chiqarishning o‘rni, ta’siri haqidagi bilimlarni berish va amaliy malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilgan.
Maktabda kimyo talimini o‘rgatishda asosan o‘qituvchi kimyoning nazariyalarini tajribalar asosida isbotlash orqali o‘quvchilarda nazariyani shakllantirilib boriladi.Shuning uchun o‘quvchilarga xar qanday kimyoviy reaksiyalar asosan ikki xil usulda amalga oshirilishi:1.qo‘ruq.2.Hul(eritmalarda )borishligini o‘rgatish orqali o‘rgatiladi.
O‘quvchilarda kimyoviy tushunchalarni vujudga keltirishda asosan modda va uningxossalar xamda ular orasida boradigan kimyoviy reaksiyalarninazariyaga asoslanib hosil bo‘lgan moddalarni aniqlash va formulalarini ionli va molekulyar tenglamalarini to‘za olish qobilyatini vujudga keltirishga yunaltirish orqali asta sekinlik bilan oddiydan murakkabga qarab evristik va dedukitsion metodlardan foydalanib amalga oshirish kimyo talimini sifatini oshirishga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Omonov H.T., Qurbonnazarov O.A. Kimyo, inson va biosfera. –Toshkent: O‘zbekiston ziyolilarining ilmiy-ma’rifiy uyushmasi,1993.-26 b.
2.Sh.R.Sharipov, G‘.N.Sharifov, F.Turdikulova, B.Raxmanov Kimyo fanini o‘qituvchisining kreaktivlik qobiliyatini shakllantrish metodlari. Zamonaviy kimyoning dolzarb muommalari mavzusida Respublika anjumani materiallar to‘plami. Buxora, 2020. 216-219.