Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/05/2026
Chop etish
Kimyo ta’limida innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kimyo ta’limini ilmiy tadqiqot, raqamli texnologiyalar va sanoat hamkorligi bilan uyg‘unlashtirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Belarus davlatlaridan yetuk olimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti professori Hamdam Akbarov, Samarqand davlat universiteti professori Ergashboy Abduraxmanov, Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professori Akmaral Argimbayeva kabi taniqli olimlar ma’ruza qildi.

Konferensiya davomida kimyo ta’limini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarida innovatsion metodikalarni qo‘llash, raqamli texnologiyalar integratsiyasi hamda sanoat hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sho‘ba yig‘ilishlarida ekologiya va barqaror rivojlanish, kimyo fanini o‘qitishdagi dolzarb muammolar hamda xalqaro tajribalar yuzasidan ilmiy fikr almashildi.


Ulashish:
713
Boshqa rubrikalarda mashhur

«IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida «IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» respublika tanlovining Jizzax viloyati hududiy bosqichi o‘tkazildi.
JDPU Kengashining navbatdagi majlisi taqdirlash marosimi bilan boshlandi
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 2-sonli majlisi avvalida ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Istibdoddan — istiqlolgacha»: qatag‘on qurbonlari xotirlandi
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni hamda oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida nishonlanadigan Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan «Istibdoddan — istiqlolgacha» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy...