Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/11/2022
Chop etish
Kerak bo‘lsa jon fido shu xalqim uchun, O‘zbekiston uchun, o‘zbegim uchun.

Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi  hamda 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “Kerak bo‘lsa jon fido shu xalqim uchun, O‘zbekiston uchun, o‘zbegim uchun” loyihasi asosida  tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani Z. Yaxshieva ochib berdi.

Tadbir davomida Maktabgacha ta’lim fakultetida tahsil olayotgan nogironligi bor talabalarni hamda 2022-2023 o‘quv yilining o‘tgan davrida ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, sport soxalarida yutuqlarga erishgan talabalar diplom, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Tadbirda shuningdek mavzu doirasida professor o‘qiuvchilar tomonidan ma’ruzalar  qilindi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

 


Ulashish:
1 223
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.