Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/02/2025
Chop etish
Kengash yig‘ilishi taqdirlash marosimi bilan boshlandi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining navbatdagi  majlisi odatdagidek taqdirlash marosimi bilan boshlandi. JDPU rektori dastlab bir guruh ustozlarga  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan universitet pedagog-xodimlariga ilmiy unvon bo‘yicha berilgan attestatlar va ilmiy daraja bo‘yicha berilgan diplomlarni tantanali ravishda topshirdi.

Taqdirlash marosimining ikkinchi qismida 2024-yil 16-23 dekabr kunlari sportning Pinchak -silat turi bo‘yuicha kattalar o‘rtasida bo‘lib otgan Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etiyu faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan  Suyunov Shohruxmirzo, Abduvoitova Xilola, Hamidova Sarvinozlar hamda ularning  murabbiyi professor F.Axmedov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashga oid «Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvida  1 o‘rinni qo‘lga kiritgan Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Normuratov Jamshidlar Jamoatchilik va ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi faolligi uchun esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlanishdi.


Ulashish:
691
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.