Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/03/2025
Chop etish
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida Milliy bank xodimlari bilan bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqotda  O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 14-fevral kuni yoshlar bilan videoselektor shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokama etilganligi, yoshlarning bandligini ta’minlash, intilishlariga sharoit yaratish davlatimizning ustuvor siyosatiga aylanganligi haqida talabalarga ma’lumot berildi. Shuningdek, Milliy bank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch bankka aylantirilgani haqida ham aytib o‘tildi.

Milliy bank oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish uchun 100 million so‘mgacha 7 yil muddatga imtiyozli kreditlar ajratishini talabalarga yetkazildi. Uchrashuvda biznes loyihasi bor har bir talaba bilan ochiq muloqot qilindi. Universitetda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida alohida shtab tashkil qilinganligi va bu shtab har bir loyihasi bor talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuvda biznes loyihasi bor talabalar  o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.


Ulashish:
1 044
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.