Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ommaviy tadbirlar
Ommaviy tadbirlar
|
18/04/2019
Chop etish
“KELAJAK – YUKSAK MA’NAVIYATLI YOSHLAR QO‘LIDA!” shiori ostida yoshlar bayram sayli tashkil etildi

Bugun 18 aprel kuni Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”da Muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida vazifa qilib belgilangan 5 ta muhim tashabbusdan kelib chiqqan holda “KELAJAK – YUKSAK MA’NAVIYATLI YOSHLAR QO‘LIDA!” shiori ostida yoshlar bayram sayli tashkil etildi. Bayram sayli ertalab “Yoshlar shaharchasi”da soat 7.00da ertalabki badantarbiya bilan boshlandi.

“Tasvirlarda aks etgan yurt jamoli” mavzusidagi talabalar ko‘rgazmasi namoyishi ham bo`lib o`tdi. mazkur tadbirda institutimizning Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi yo`nalishi talabalarining ijodiy ishlari ko`rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir “Yoshlar forumi”da estrada xonandalari va yoshlarning yumorist jamoasi ishtirokidagi Galakonserti bilan ulanib ketadi. Barcha aholi va yoshlarni ushbu yoshlar bayram sayliga taklif qilib qolamiz.


Ulashish:
1 690
Boshqa rubrikalarda mashhur

Zominda mazmunli dam olish sayohatlar davom etmoqda.
“Yaxshi dam – mehnatga hamdam” degan tamoyil asosida Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun har hafta dam olish tadbirlari tashkil etilmoqda.
“Temur Lang” darvozasi hududiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti talabalari uchun darsdan bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida, Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan “Temur...
Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdagi Speaking Club bo‘lib o‘tdi!
“Shanba – ijtimoiy faollik kuni” doirasida tashkil etilgan ushbu galgi Speaking Club talaba-yoshlarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, erkin fikrlash va muloqot madaniyatini oshirishga qaratildi.