Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/09/2025
Chop etish
“Kelajak soati”da bitiruvchilar bilan suhbat: “Hammangizni universitetimizda kutaman”

Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2025–2026 o‘quv yilining birinchi dars soati — “Mustaqillik darsi” va “Kelajak soati” o‘tkazildi. Ushbu darslarda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlarimiz qo‘lga kiritgan katta g‘alabalar hamda milliy tariximizdagi yorqin sahifalar o‘quvchilarga keng yoritib berildi.

“Ko‘rpasoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 45-umumta’lim maktabida ham bu dars ayniqsa faol va samarali o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan bitiruvchi sinf o‘quvchilari rektor bilan samimiy suhbat qurish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Suhbat jarayonida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga qaratilgan e’tibor hamda Jizzax davlat pedagogika universitetida yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi. Suhbat savol-javob shaklida davom etib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga javob oldilar.

Rektor o‘quvchilardan kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lishni istashlari haqida so‘radi. Quvonarlisi, ko‘pchilik bitiruvchilar o‘z orzu va maqsadlari qatorida aynan Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi bo‘lish niyatida ekanliklarini ta’kidladilar.

 

Suhbat yakunida rektor bitiruvchi sinf o‘quvchilariga murojaat qilib, quyidagi so‘zlarni bildirdi:

“Hammangizni universitetimizda kutaman!”


Ulashish:
2 664
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.