Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/10/2022
Chop etish
 “Kamyob o‘simlik turlarini tadqiq etishning zamonaviy usullari” mavzusida ilmiy-o‘quv seminar o‘tkazildi

JDPU Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi O‘zRFA Botanika instituti bilan hamkorlikda “Kamyob o‘simlik turlarini tadqiq etishning zamonaviy usullari” mavzusida ilmiy-o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminarda kafedraning professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari, 1-2-bosqich magistrlar, 2-3-bosqich bakalavr talablari va JDPU qoshidagi Sayiljoy akademik litsey, Mirzacho‘l agrosanoat texnikumi talabalari ishtirok etdilar.   Seminarni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, dos. G‘.Qodirov ochib berdi.

O‘zRFA Botanika institutining akademik K.Sh. Tojibaev o‘z  ma’ruzasida  hozirgi kundagi botanika fanining yutuqlari, muammolar va ularning yechimlari, OTMdagi bakalavriat va magistratura talabalarining BMI va MDI, (PhD), (DcS) dissertatsiyalari, zamonaviy biologik metodlar qo‘llash borasida so‘z yuritdi. Shuningdek seminar davomida dos. O.Turginov, kichik ilmiy xodimlardan F.Akbarov, S. Po‘latov, I.Jo‘ramirodov, D. Maxmudjanovlar ham aynan shu mavzularda  ma’ruza qilishdi.Mavzu doirasida fikr mulohazalar bildirildi. Takliflar tinglandi.

Bahs, munozaralar asosida o‘tgan seminar Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasining 1-2-bosqich magistrlari, tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar ishtirokidagi uchrashuv bilan yakunlandi.


Ulashish:
1 121
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...