Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/10/2024
Chop etish
Jizzaxga xorijiy sayyohlarning tashrifini ko‘paytirish, Jizzax davlat pedagogika universiteti jozibasini oshirish maqsadida bir qator xorijiy mamlakatlardan olimlarning tashrifi tashkil etildi.
JDPU tomonidan Mamlakatimizda turizm salohiyatini oshirish hamda Jizzax viloyatiga xorijiy sayyohlarning tashrifini tashkil etish, Jizzax davlat pedagogika universiteti jozibasini oshirish va universitet imijini tanitish maqsadida bir qator xorijiy mamlakatlardan olimlarning tashrifi tashkil etildi. Turkiya davlatining Necmettin Erbakan , Bog‘azichi , Ankara u, Yıldırım Beyazit, Istanbul Commerce , Selchuk , Gollandiya davlatining Liden, Buyuk Britaniyaning Exeter universitetlarining taniqli professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchi olimlaridan Ramazan Altıntash, Birol Mercan, Arnold Yasin Mol, Sajjad Rizvi va Mehmet Akif Okur kabi 21 nafardan iborat delegatsiya vakillari universitetga yetib kelishdi.

Xorijlik mehmonlarni JDPU rektori Sh.Sharipov boshchiligidagi rahbariyat vakillari kutib olishdi. Rasmiy uchrashuv davomida xorijiy delegatsiya a’zolariga universitet uslubi hamda tarixi, faoliyati va universitetda yaratilgan ta’lim imkoniyatlari xususida ma’lumotlar berildi. bugungi kundagi xorijiy mamlakatlar, ayniqsa Turkiy davlatlar bilan olib borilayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalari haqida ham so‘z bordi.

Shuningdek, universitetning «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyining yangi binosi va xonalari slayd shaklida namoyish etildi, muzey ma’lumotlari, eksponatlar xorijiy vakillarda katta taassurot qoldirildi. Oliygohning Steam park, laboratoriyalar va «Professorlar bog‘i» sayyohlarda qiziqish uyg‘otdi. Tashrif so‘ngida xorijlik mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ulashish:
653
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi” musobaqalari davom etmoqda
25-avgust kuni musobaqa doirasida bir qator jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.
“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...