Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/12/2025
Chop etish
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.

Tadbir talaba-yoshlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy kamolotini yuksaltirish hamda oliy ta’lim muassasalarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Festivalda Guliston davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Jizzax politexnika instituti huzuridagi talabalar teatr studiyalari ishtirok etdi. Jamoalar Abdulla Qahhorning “Ayajonlarim”, Said Ahmadning “Ufq” va Usmon Azimning “Ular odam emaslar” asarlari asosida sahnalashtirilgan teatr tomoshalarini namoyish etdilar.

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Ular odam emaslar” spektakli yuqori baholanib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rin O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga, uchinchi o‘rin esa Guliston davlat universiteti va Jizzax politexnika institutiga nasib etdi.

Shuningdek, alohida nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi ijrochilar va ijodkor rahbarlar e’tirof etildi. Quvonarlisi Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Farhod Qo‘shnazarov. “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi sohibi bo‘ldi.

Mazkur festival talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ularning ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Ulashish:
3 458
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks...
Mustaqillikning 35-yilligi tantanalari arafasida Bo‘ston shaharchasida JDPU tasarrufidagi 100 o‘rinli MTT foydalanishga topshirildi
Tantanali marosimda Zarbdor tumani hokimligi vakillari, nuroniylar, universitet faxriylari, tegishli soha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.