Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/06/2025
Chop etish
Jizzaxda “Talabalar kibersport o‘yinlari – Farg‘ona 2025” mintaqaviy saralash bosqichi boshlandi.
Jizzax shahridagi “Kiber Arena” majmuasida “Talabalar kibersport o‘yinlari – Farg‘ona 2025” respublika musobaqasining Jizzax viloyati hududiy saralash bosqichiga start berildi.

Tadbirning ochilish marosimini Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurbayev ochib berdi. U o‘z so‘zida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida so‘z yuritar ekan, bunday loyihalar orqali yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, zamon talablariga mos mutaxassislar yetishtirish barchamizning umumiy burchimiz ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli illat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Yoshlar o‘rtasida kompyuter savodxonligini oshirish, zamon talabidan kelib chiqib, kibersportni rivojlantirish va ommalashtirishni ustuvor vazifalarimizdan biri deb bilamiz. Bugungi musobaqada ishtirok etayotgan yoshlarning faolligi shundan dalolat beradiki, ularning kibersportga bo‘lgan qiziqishi rivojlangan davlatlar yoshlari darajasida ekanini ko‘rsatmoqda, — deydi Akmal Savurbayev.

Musobaqa 4 ta yo‘nalishda tashkil etilgan bo‘lib, barcha texnik va tashkiliy shart-sharoitlar yaratilgan, mutaxassislar jalb etilgan. Viloyatdagi 5 ta oliy ta’lim muassasasidan jamoalar ishtirok etmoqda. Har bir jamoa 13 nafar ishtirokchidan tashkil topgan bo‘lib, ular belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha bellashmoqda.

Saralash bosqichida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan jamoalar 2025-yil 23–25 iyun kunlari Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadigan “Talabalar kibersport o‘yinlari – Farg‘ona 2025” respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Barcha jamoalarga musobaqada omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ulashish:
639
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Future-Ready Curriculum: A Global Transformative Approach” loyihasi doirasida kelajak ta’limi mazmuni muhokama qilindi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan Namoz Karimov malakani oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.
Malayziya tajribasi asosida mahorat darslari tashkil etildi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan JDPU o‘qituvchisi, mentor Kenjayeva Sanobar Ibragimovna Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.
JDPUda “Talabalar bahori – 2026” festivali galakonserti va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar bahori – 2026” festivali doirasida galakonsert hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.