Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/11/2025
Chop etish
Jizzaxda ingliz tili o‘qituvchilari uchun ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyatidagi ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish, ularga zamonaviy metodik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va 21-asr ko‘nikmalarini dars jarayoniga tatbiq etishda amaliy ko‘nikmalar berish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti, AQSH Elchixonasi hamda Amerika Kengashi hamkorligida “Jizzakh Alumni Community” doirasida navbatdagi ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Joriy yilning 28-noyabr kuni Jizzaxda “Future-Ready English Classrooms: Innovation, Technology, and Skills” nomli konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax viloyati ingliz tili o‘qituvchilari, “Jizzakh Alumni” a’zolari, ingliz tili mutaxassislari, assistent o‘qituvchilar hamda ingliz tili o‘rganuvchilari ishtirok etdi.

Anjuman ingliz tili darslarini innovatsion, zamonaviy va o‘quvchi markaziga yo‘naltirilgan metodikalar asosida rivojlantirish, ta’lim jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etish, shuningdek o‘qituvchi va o‘quvchilarda XXI asr kompetensiyalarini shakllantirishni maqsad qilgan.

To‘rt soat davom etgan tadbir davomida taqdimotchilar o‘zlarining ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Ishtirokchilar sun’iy intellekt vositalari, raqamli platformalar va interaktiv ilovalar yordamida darslarni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar. Muloqot, tanqidiy fikrlash, hamkorlik va ijodkorlik kabi muhim ko‘nikmalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullari esa bevosita mashg‘ulotlar orqali namoyish etildi.

Tadbir mahalliy o‘qituvchilar, xalqaro ekspertlar va yosh liderlar o‘rtasida tajriba almashinuvi va professional hamkorlikni yanada mustahkamladi. Konferensiya natijasida ishtirokchilarda zamonaviy dars metodlari bo‘yicha yangi qarashlar shakllanib, Jizzaxdagi ingliz tili ta’limida yangi imkoniyatlar ochildi.

Anjumandan so‘ng o‘qituvchilar o‘z faoliyatida qo‘llashi mumkin bo‘lgan ko‘plab g‘oyalar, texnologik vositalar va metodik yondashuvlar bilan boyib qaytdilar.


Ulashish:
1 523
Boshqa rubrikalarda mashhur

Professor-o‘qituvchilarning Islom sivilizatsiyasi markaziga muntazam tashriflari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashriflar reja asosida davom ettirilmoqda.
JDPU rektori musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv talabalarning hisobot konserti bilan boshlanib, orkestr, milliy cholg‘ular, fortepiano va xor...
Universitet doktorantlari uchun seminar-trening o‘tkazildi
“Research and Academic Writing” mavzusidagi seminar-trening professor Azamat Akbarov tomonidan olib borildi.