Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/11/2025
Chop etish
Jizzaxda “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida bayroq kuni keng nishonlandi.

Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida Davlat xizmatlari markazi oldidan “Mustaqillik” maydonigacha bo‘lgan ko‘chada harbiy orkestr hamrohligida “Vatanparvar avtokarvoni” tashkil etildi.

Mazkur aksiyada viloyatimiz ahli, yoshlar va sportchilar faol ishtirok etdi. Shuningdek, Milliy gvardiya otliqlari rahbarligida tantanali yurish ham bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida Jizzax davlat pedagogika universitetidan 1000 nafardan ortiq talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.


Ulashish:
1 537
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...