Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/04/2026
Chop etish
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.

Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari, o‘quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada ishtirokchilar 3 km masofada o‘z chidamliligi va sport mahoratini namoyon etishdi.

Ushbu marafonda Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari peshqadam bo‘ldi. O‘g‘il bolalar orasida 1-o‘rinni Abduqayumov Shahobiddin, 2-o‘rinni Aktamov Uchqun va 3-o‘rinni Abdullayev Firdavs egalladi. Qizlar orasida Hayrullayeva Feruza 1-o‘rinni, Abubakirova Farangiz 2-o‘rinni, G‘aniyeva Zilola esa 3-o‘rinni egalladi.

 

Barcha g‘olib va ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz!


Ulashish:
607
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...